Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Peskov oldinroq ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi telefon muloqoti Rossiya tomoni tashabbusiga ko‘ra bo‘lib o‘tishini bildirgandi. Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimga ko‘ra, mazkur suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni tartibga keltirish masalalari muhokama etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, muloqot Erdo‘g‘on Turkiya urib tushirgan Su-24 uchuvchisi halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik bildirganidan so‘ng bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)