Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida 25-iyun, shanba kuni “Lashkari Toyyiba” guruhi jangarilarining politsiya konvoyiga hujumi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Greater Kashmir nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ikki jangari Pampor shahrida politsiya avtobusiga hujum uyushtirgan. Ularning yo‘q qilingani bildirilmoqda.
Hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan “Lashkari Toyyiba” guruhi 12 nafar politsiyachi qurbon bo‘lganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)