Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekistonga rasmiy safarini Buxoro shahriga tashrif buyurishdan boshladi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Shahardagi tarixiy yodgorliklar bilan tanishib chiqqach, Xitoy yetakchisi Toshkentga yo‘l oldi. Bu yerda u O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralar olib boradi hamda o‘zbekistonlik parlamentariylar oldida nutq so‘zlaydi.
23–24-iyun kunlari Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Izoh (0)