G‘ijduvon tumani markazida yangidan qurib bitkazilgan “Xo‘jai Jahon savdo kompleksi” foydalanishga topshirilgan bo‘lib, bu yerda 10,5 gektar yer maydonida ming o‘rinli turg‘un savdo do‘konlari barpo etilgan, tadbirkorlar va xaridorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Ushbu zamonaviy savdo majmuasida ulgurji va chakana savdo faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Unda nafaqat Buxoro viloyati, balki unga qo‘shni bo‘lgan Navoiy, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridan ham xaridorlar tashrif buyurib, mamlakatimizda hamda xorijda ishlab chiqarilgan sifatli mahsulotlarni xarid qilmoqda.
Mazkur inshoot kundan-kun chiroy ochib borayotgan hunarmandu tadbirkorlar yurti — G‘ijduvonning ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlamoqda.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)