24-may kuni Kanuk laqabli qarg‘a Vankuverda noma’lum shaxs politsiyachilarga hamla qilishda foydalangan pichoqni o‘g‘irlab ketdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Qush jinoyatchini qurolsizlantirishlarini kutib turdi, shundan so‘ng pichoqni changallab olib, u bilan birga uchib ketishga urindi. Politsiyachilardan biri qarg‘ani bir necha metrgacha quvib bordi, shunda Kanuk dalilni tashlab yubordi va uchib ketdi.
Bu Kanuk amalga oshirgan birinchi “sho‘xlik” emas. Ikki hafta avval u ochiq turgan politsiya mashinasiga kirib, noutbukdan F6 tugmasini uzib olgan edi.
Kanuk Vankuverda mashhur qushdir. U odamlar bilan do‘stona munosabatda bo‘ladi, uni panjasidagi qizil bilaguzuk orqali tanib olish mumkin.
Izoh (0)