AQSh prezidenti Barak Obama imzolagan yangi qonun loyihasiga muvofiq, federal qonunchilikdan “negr” (negro) va “Sharq odami” (oriental) singari tushunchalar chiqarib tashlanadi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Qonun loyihasini Nyu-York shtati vakili bo‘lgan demokrat kongressmen Greys Meng muhokamaga kiritdi. Hujjatdan ko‘zlangan maqsad ozchiliklarni ko‘rsatuvchi terminologiyani yangilashdir. Unga muvofiq, 1970-yillarda jamoat sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunda uchraydigan yuqoridagi kabi atamalar o‘zgartiriladi.
“‘Sharq odami’ atamasiga federal qonunchilikda o‘rin yo‘q, oxir-oqibat, bu haqoratli va eskirgan tushuncha yo‘q bo‘lishi lozim”, — dedi kongressmen qonun loyihasi imzolanganidan so‘ng. U prezidentning ishini olqishlashini va buning uchun cheksiz minnatdorlik tuyishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Greys Meng AQSh Kongressida Nyu-York vakili bo‘lgan, Osiyodan kelib chiqqan birinchi ayoldir.
Izoh (0)