Nottingem grafligida joylashgan Buyuk Britaniyadagi oxirgi tamaki fabrikasi o‘z faoliyatini yakunladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Imperial Tobacco kompaniyasi ishlab chiqarishni ishchi kuchi arzon bo‘lgan boshqa davlatlarga ko‘chirilishi munosabati bilan o‘zining mamlakatdagi so‘nggi fabrikasini yopishga qaror qilgan.
Ekspertlar fikricha, kattaligi bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi tamaki kompaniyasi faoliyatini Sharqiy Yevropa va Osiyo bozorlarida davom etttirishni rejalashtirgan.
Izoh (0)