Meksika poytaxti rasmiylari ekologik xavfning birinchi bosqichini e’lon qildi. Bu haqda Mexiko atrof-muhit bo‘yicha komissiyasi ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Komissiya Mexikodagi havo sifatini o‘ta yomon deya baholagan. Ekologik xavfning yuqori darajasi munosabati bilan poytaxtdagi korxonalarga atmosferaga zararli chiqindilarni chiqarishni 30 foizgacha qisqartirish yuzasidan ko‘rsatma berilgan, shaxsiy avtomobillardan foydalanishga yangi cheklovlar joriy etilgan.
Izoh (0)