EgyptAir aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanali ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Telekanalning Qohiradagi muxbiri manbalarga tayanib ma’lum qilishicha, Parijdan parvoz qilgan reys oxirgi marta Gretsiyaning Afina shahri ustida qayd etilgan.
Boeing samolyoti bortida 58 kishi bor. Ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmadi.
Izoh (0)