Aprel oxirida Siktivkar (Rossiyaning Komi Respublikasi poytaxti)da tug‘ilgan bo‘taloqni yaylovda o‘tlab yurgan vaqtida daydi itlar g‘ajib ketdi, deb yozadi “Interfaks” mahalliy ot markaziga tayanib.
Itlar Snejana va Martin laqabli tuyalarning bolasiga hujum qilgan, bu tuyalar shaharda qahraton sovuqdan qo‘rqmasligi va bolalarni bayram kunlari, sayillar chog‘ida sayr qildirishi bilan tanilgan.
Bo‘taloq ko‘p marta tishlab olingan, uning hayotini saqlab qola olishmadi.
“Jarohatlar chuqur bo‘lib chiqdi. Mutaxassislar oxirigacha kurashdi, tishlangan joylarni yuvib tozaladi, qon ketishini to‘xtatdi, ammo u ertalabgacha jon berdi”, — deya ta’kidlashdi markazdagilar.
Izoh (0)