Afg‘onistonlik harbiylar sutka davomida “Tolibon” harakatining 130 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda 18-may, chorshanba kuni mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Xavfsizlik xizmatlari operatsiyasi natijasida oxirgi 24 soat mobaynida 130 nafar qurollangan jangari, jumladan, yetti nafar komandir o‘ldirildi. 76 kishiga jarohat yetkazilgan, ikki kishi esa qo‘lga olingan”, — deya bildirilgan vazirlik bayonotida.
Maxsus operatsiyalar mamlakatning 18 viloyatida o‘tkazilgan. Ularda harbiylardan 10 nafari halok bo‘lgan.
Izoh (0)