Janubiy Koreya meteoxizmati 18-may, chorshanba kuni Kanvondo provinsiyasida 6,5 magnitudali zilzila ro‘y bergani to‘g‘risida berilgan yanglish xabar uchun uzr so‘radi. Xizmat buni seysmik holatlar ehtimoli yuzasidan o‘tkazilgan mashqlarga bog‘liq bo‘lgani bilan izohladi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“16—20-may kunlari ‘Tabiiy ofatlar vaqtida xavfsiz Koreya uchun’ mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ushbu mashg‘ulotlar doirasida elektron aloqa orqali kuchli zilzila haqida xabar berilgan va buni mahalliy OAVlar haqiqiy holat sifatida qabul qilgan. Jumladan, Xvenson uyezdi hududida kuchli ko‘chkilar va vayronagarchiliklar kutilayotgani e’lon qilingandi. Biz yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi Janubiy Koreya meteoxizmati bayonotida.
Izoh (0)