Internetda ekstremal sportchi Sergey Devlyashov amalga oshirgan, kishini entiktiradigan sakrash videosi paydo bo‘ldi, deb yozadi “Vesti”.
Kadrlarda uning “Moskva-Siti”dagi qurilish kranidan hech qanday xavfsizlik vositasi taqmagan holda sakraganini ko‘rish mumkin. Pastga tushib ketmaslik uchun u bir qo‘li bilan kranga bog‘langan arqonga osilib turdi, u O‘rgimchak odamning improvizatsiya qilingan o‘rgimchak tolasiga o‘xshab ketadi, deb yozadi RT.
Xayriyat, sakrash jarayoni muvaffaqiyatli yakun topdi. YouTube’da bu video allaqachon o‘n minglab marta tomosha qilindi.
Izoh (0)