Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari qiruvchilari Estoniya bilan chegara yaqinida Rossiyaning beshta harbiy samolyotiga hamrohlik qilish uchun yana havoga ko‘tarildi, deb yozadi “Gazeta.ru” Britaniya mudofaa muassasasiga tayanib.
Samolyotlar radiolokatsiya Estoniyaning shimoliy va g‘arbiy chegaralari yaqinidagi xalqaro havo hududida bir nechta notanish samolyotlarni aniqlagach, havoga ko‘tarilgan. Britaniya HHK to‘rtta Su-27 qiruvchisi va Il-20 razvedkachisini topgan va ularga hamrohlik qilgan.
Bu bir hafta ichida Rossiya harbiy-kosmik kuchlari samolyotlariga mintaqada Estoniyaga joylashtirilgan Britaniya HHK hamrohlik qilishi bilan bog‘liq ikkinchi voqeadir.
Izoh (0)