Turkiya harbiy-havo kuchlari 18-may, chorshanba kuni Kurdiston ishchi partiyasining (KIP) mamlakat janubi-sharqi va Shimoliy Iroqdagi obyektlariga zarbalar berdi. Buning natijasida 10 nafar jangari yo‘q qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
Turk aviatsiyasi aprelda va may oyi boshlarida ham shunga o‘xshash bir necha operatsiyani amalga oshirgandi. Ularda 20 dan ortiq samolyot ishtirok etgan va KIPning Iroq shimoliy mintaqalaridagi qurol omborlari, istehkomlar hamda o‘t ochish nuqtalariga zarbalar bergandi.
Izoh (0)