Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh josus samolyoti mamlakat havo chegarasini buzganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Davlat rahbarining aytishicha, samolyot Venesuela havo hududiga ikki bor kirgan va bu 13-may kuni qayd etilgan.
“Havo kuchlarimiz va harbiy aviatsiya elektron razvedka bilan shug‘ullanish uchun barcha vositalarga ega bo‘lgan Boeing 700 E-3 Sentry josuslik maqsadida noqonuniy kirib kelganini qayd etdi”, — deya ta’kidlagan Maduro 17-may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Izoh (0)