AQSh prezidenti Barak Obama Xirosima shahrining 1945-yilda atom bombasi bilan kun-payakun qilingani uchun Yaponiyadan uzr so‘ramaydi, uning ushbu mamlakatga amalga oshirishi kutilayotgan safarni ham kechirim izhori deya qabul qilmaslik kerak. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Syuzan Rays CNN telekanali efirida aytib o‘tdi.
“Yaponlar bizlardan bu qarorning (ya’ni bombalashning) to‘g‘ri-noto‘g‘rili borasida fikr bildirishni yoki uzr so‘rashni talab qilmadi”, — uning so‘zlarini keltiradi “Vedomosti”.
Rays xonimning o‘zi bu tarixiy voqeaga baho berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)