Armaniston qurolli kuchlari harbiy xizmatchisi Ozarbayjon tomonidan o‘qqa tutilib, halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri malbuot kotibi Arsrun Ovannisyan ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Matbuot kotibining bildirishicha, Armaniston janubi-sharqidagi Vayk Vaysdzor aholi punkti chegara postida ro‘y bergan hodisa tufayli 25 yoshli harbiy xizmatchi Aram Oganyan halok bo‘lgan.
Ozarbayjon tomonining mazkur xabarga munosabati hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)