Yaman janubidagi al-Muqalla shahridagi politsiya bo‘limida terrorchi-xudkush portlovchi qurilmani harakatga keltirishi oqibatida kamida 25 nafar yangi ishga olingan xodim halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq Reuters portlash al-Muqalladagi harbiy bazada sodir bo‘lganini bildirgandi, biroq keyinchalik gap politsiya bo‘limi haqida ketayotgani ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Yaman hukumati kuchlari “Al-Qoida Arab yarimorolida” terrorchilik guruhi tomonidan nazorat qilinayotgan Xadramaut viloyati markazi al-Muqalla shahrini aprel oxirida ozod qilgandi. Biroq viloyatning katta qismini hozir ham jangarilar egallab turibdi.
Izoh (0)