IShID kamida 11 kishi halok bo‘lgan Iroqdagi gazni qayta ishlash zavodiga hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Minalashtirilgan avtomobil Bag‘doddan 27 kilometr shimoldagi Toji shahrida joylashgan maishiy gaz ishlab chiqaruvchi zavodga kiraverishda portlatilgan. Shundan so‘ng zavod hududiga xudkush kamari taqqan kamida olti nafar jangari tushgan mashina kirib kelgan. Ular korxona hududida qo‘riqchilar bilan jangga kirishgan, keyin esa gaz ballonlari saqlanadigan uchta omborda yong‘in kelib chiqqan.
Zavodga o‘nlab politsiya va armiya mashinalari yetib kelgan, hududda bir soat davomida otishma ovozi eshitilib turgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)