Bugun, 14-may kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati — La Liganing 2015/2016-yilgi mavsumi g‘olibi nomi ma’lum bo‘ladi.
So‘nggi tur uchrashuvlari arafasida musobaqa jadvalidagi holat quyidagicha: “Barselona” 88 ochko bilan 1-o‘rinda, “Real Madrid” hisobida 87 ochko bor va u 2-o‘rinda. O‘tgan tur “Levante”ga yutqazib qo‘yganidan so‘ng chempionlik uchun imkoniyatlari keskin pasayib ketgan bo‘lsa-da, 85 ochko bilan 3-o‘rinda turgan “Atletiko Madrid”da ham qandaydir umid bor.
14-may, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da “Deportivo” — “Real Madrid” va “Granada” — “Barselona” uchrashuvlari boshlanadi. Chempionlik taqdiri, katta ehtimol bilan, mana shu uchrashuvlar natijasiga ko‘ra hal bo‘ladi, biroq, 22:30 da boshlanadigan “Atletiko Madrid” — “Selta” o‘yinini ham kuzatishga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin hali.
Nima bo‘lgan taqdirda ham, quyidagi so‘rovnomaning dolzarbligi 21:45 gacha yo‘qolmaydi. Xo‘sh, bu yil qaysi jamoa Ispaniya chempioni bo‘ladi?
[playbuzz-item playbuzz_url="muhrima10/futbol-bo-yicha-ispaniya-chempionatida-qaysi-jamoa-g-olib-chiqadi"]
Izoh (0)