Rossiya prezidenti Vladimir Putin “TXL yulduzlari” va “TXL termasi” jamoalari o‘rtasidagi Tungi xokkey ligasi turnirining gala-matchi ikkinchi davrasida muz maydoniga tushdi, deb yozadi “Interfaks”.
Davlat rahbari “TXL yulduzlari” jamoasi tarkibida an’anaviy ravishda 11-raqam ostida o‘ynaydi.
Ikkinchi davraning ilk daqiqalarida Putin raqib darvozasiga shayba kiritdi, shu tariqa, “TXL yulduzlari”jamoasi hisobidagi urilgan shaybalar sonini beshtaga yetkazdi.
Jamoada prezident bilan birgalikda, mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda Pavel Bure, Viktor Shalimov, Vyacheslav Fetisov, Aleksey Katasonov kabi rossiyalik xokkeychilar o‘ynamoqda.
Eslatib o‘tamiz, TXL Putin tashabbusi bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Liga asosiy ishidan bo‘sh paytlarida, ko‘pincha kechki payt (nomlanishi ham shundan kelib chiqqan) o‘yin uchun vaqt ajratadigan xokkey ishqibozlarini birlashtirgan. Liganing birinchi gala-o‘yini 2012-yil 7-may kuni, Putinning Kremldagi prezidentlik inauguratsiyasidan so‘ng bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)