Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Siti”ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar bermoqda “Chempionat”.
“Real Madrid” — “Manchester Siti” uchrashuvi 1:0 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi. Manchesterda o‘tgan dastlabki bellashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan edi. Shunday qilib, Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga “Real Madrid” yo‘l oldi.
“Biz baxtiyormiz, chunki final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Bu o‘ziga xos voqea”, — dedi “Real Madrid” hujumchisi.
“1:0 — nisbatan kamtarona hisob, biroq biz g‘alabani qo‘lga kiritdik. Men 15 kun davomida maydondan tashqarida bo‘ldim, biroq tezda tiklanishimni odamlar unutib qo‘yishdi”, — dedi Ronaldu.
“Men hozir charchaq va baxtiyorlikni his qilyapman”, — deya qo‘shimcha qildi “Real Madrid” yetakchisi Krishtianu Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” va “Atletiko Madrid” o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar Ligasi final uchrashuvi 28-may kuni Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tadi.
Chempionlar Ligasi finalida Madridning “Real” va “Atletiko” klublari o‘ynaydigan bo‘ldi