Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan BAAning “An-Nasr”ga jamoasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng Toshkentning “Lokomotiv” klubi ustozi Andrey Miklyayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar bermoqda “Championat.asia” internet-nashri.
“Lokomotiv” — “An-Nasr” uchrashuvi 0:0 hisobidagi durang bilan tugadi. Mazkur natija har ikkala klubning musobaqa nimchorak finaliga chiqishi uchun yetarli bo‘ldi. Qayd etish joiz, “Lokomotiv” o‘z tarixida ilk bor OChL pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
“Guruhdan keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan ‘Lokomotiv’ rahbariyati va futbolchilarini tabriklayman. O‘zbek klublari anchadan beri guruhdan chiqa olmagan edi”, — dedi Andrey Miklyayev. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston klublari OChLda 2008-yildan beri faqat bir marta — 2015-yili guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan.
“Birinchi bo‘limda gol ura olmadik. Bizda 3—4 ta vaziyat bo‘ldi, biroq raqibimiz ‘avtobus’ misoli himoyalandi, himoyada ko‘pchilik bo‘lib harakat qildi. Shu sababli, tan olaman, ikkinchi bo‘limda natija uchun o‘ynashga majbur bo‘ldik”, — dedi “Lokomotiv” ustozi.
“Lokomotiv” OChL nimchorak finalida o‘z hamshahari — “Paxtakor”ga qarshi to‘p surishi mumkin edi, biroq “Al-Hilol” “paxtakorchilardan kuchliroq chiqdi. 17- va 24-may kunlari bo‘ladigan nimchorak final uchrashuvlari “Lokomotiv” endi “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib boradi.
“Nimchorak finalda ‘Paxtakor’ga qarshi o‘ynasak oson bo‘lardi, deb hisoblamayman. Lekin qiziq bo‘lardi. Qo‘shimchasiga, O‘zbekistonning bir klubi chorak finalda o‘ynashi kafolatlanganardi. ‘Al-Hilol’ esa kuchli jamoa. Ularga qarshi o‘tgan yili ham o‘ynaganmiz. Bu jamoani o‘rganib chiqish uchun vaqtimiz yetarli”, — dedi “Loko” murabbiyi.
“Lokomotiv” OChL guruh bosqichidagi so‘nggi tur uchrashuvini o‘z o‘yingohida emas, balki “Bunyodkor” stadionida o‘tkazdi. “Biz bu stadionda gol urishga harakat qildik. Nimchorak final uchrashuvini qaysi stadionda o‘tkazishimiz haqida hozircha bilmayman. O‘zimizga qolsa, o‘yinni ‘Lokomotiv’ stadionida o‘tkazishni istardik”, — deya qo‘shimcha qildi Andrey Miklyayev.