Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ketma-ket uchinchi marta Forbes jurnali versiyasiga ko‘ra dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalikning daromadi 2015-yilda 82 million dollarni tashkil qilgan. Shuning 53 millioni — “Real”dagi maosh va turli bonuslar, 29 millioni — homiylik shartnomalari va reklamadan tushgan daromaddir.
Reytingdagi yuqori o‘nlik quyidagicha:
- Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, “Real”) — 82 million dollar (53 mln — maosh va bonuslar + 29 mln — homiylardan tushgan daromad);
- Lionel Messi (Argentina, “Barselona”) — 77 million dollar (51+26);
- Zlatan Ibragimovich (Shvetsiya, “PSJ”) — 37 million dollar (30+7);
- Neymar (Braziliya, “Barselona”) — 36 million dollar (14+22);
- Garet Beyl (Uels, “Real”) — 34 million dollar (24+10);
- Ueyn Runi (Angliya, “Manchester Yunayted”) — 26 million dollar (20+6);
- Serxio Aguero (Argentina, “Manchester Siti”) — 24 million dollar (17+7);
- Luis Suares (Urugvay, “Barselona”) — 23 million dollar (18+5);
- Eden Azar (Belgiya, “Chelsi”) — 22 million dollar (18+4);
- Sesk Fabregas (Ispaniya, “Chelsi”) — 21 million dollar (16+5).
Izoh (0)