2016-yil 10-sentabridan 1-oktabriga qadar Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘l olgan barcha 24 ta jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Championat.asia”.
Ular orasida O‘zbekiston, Vyetnam, Mozambik, Ozarbayjon terma jamoalari o‘z tarixida ilk bor futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqdi.
Shu yilning 19-may kuni Kolumbiyaning Medelin shahrida musobaqaning final bosqichiga qur’a tashlanadi. Unda Xose Mariya Mendes shogirdlari guruhdagi raqiblarini bilib oladi. Quyida futzal bo‘yicha Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari bilan tanishing.
Mezbon – Kolumbiya
Osiyo – Eron, O‘zbekiston, Tailand, Vyetnam, Avstraliya.
Janubiy Amerika – Argentina, Braziliya, Paragvay.
Okeaniya – Solomon orollari.
Afrika – Misr, Marokash, Mozambik.
Shimoliy Amerika – Kosta-Rika, Kuba, Gvatemala, Panama.
Yevropa – Ozarbayjon, Italiya, Qozog‘iston, Portugaliya, Rossiya, Ispaniya, Ukraina.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi futzal bo‘yicha amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi. Bugungi kunga qadar o‘tkazilgan 7 ta mundialning 5 tasida Braziliya termasi, qolgan 2 tasida Ispaniya termasi g‘olib chiqqan.
Osiyo jamoalari orasida eng yaxshi natijani Eron terma jamoasi qayd etgan. Eronliklar 1992-yilgi mundialda to‘rtinchi o‘rinni band etgandi.
Izoh (0)