Chevrolet kompaniyasi Proactive Alerts servisini ishga tushirdi, u avtomobil holatini tahlil qilib, haydovchiga kelajakda kuzatilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy nosozliklar haqida xabar beradi. Shunga o‘xshash texnologiya, General Motors’dagilar ta’kidlashicha, Boeing 787 samolyotida qo‘llaniladi, Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchisi esa raqobatchilar orasida uni ishga tushirgan birinchi kompaniya bo‘ldi, deb yozadi Motor.
Tizim OnStar sun’iy yo‘ldosh servisi yordamida ishlaydi, u General Motors’ga tegishli bo‘lib, markaning ko‘pchilik zamonaviy modellariga o‘rnatilgan.
Haydovchi har safar mashinani yurgizgan vaqtida tizim starter, yoqilg‘i nasosi va akkumulyator ishini tahlil qiladi. Ma’lumotlar OnStar bo‘yicha axborot bazasidan tekshirib ko‘riladi va agar tizim normal ishlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar mos tushmaganligini aniqlasa, haydovchiga bildirishnoma jo‘natiladi.
Ma’lumotlar bazasi boshqa avtomobillardan to‘plangan ko‘rsatkichlar asosida shakllanadi. Xabarnoma haydovchiga multimedia tizimi ekrani, SMS yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
Proactive Alerts servisi 2016-yilda chiqarilgan Chevy Silverado pikapi, Tahoe Suburban yo‘ltanlamasi, Corvette sportkari va Equinox krossoverida bor. Keyinchalik u boshqa modellarda ham paydo bo‘ladi.
Izoh (0)