9-may, dushanba kuni Iroqning Diyala provinsiyasi Baakuba shahrida yuz bergan portlashda 12 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ziyod kishi yaralandi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Politsiya va tibbiy xodimlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shahar markazi yaqinidagi taniqli restoran yonida mina joylangan avtomobil portlab ketgan.
Hech qaysi terrorchilik tashkiloti voqea yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga olganicha yo‘q.
Izoh (0)