BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 8-may, yakshanba kuni Qohira tashqarisida politsiyachilarga uyushtirilgan qurolli hujumni qoraladi, deya xabar bermoqda “TASS”. Ushbu voqea yuzasidan javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z bo‘yniga olgan edi.
Bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik uning nomidan qurbonlar oilalariga va Misr hukumatiga hamdardlik bildirdi, shuningdek, BMT Misr xalqini terrorizmga qarshi kurashda qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Misr tashqarisidagi Xeluan shahar tergov boshqarmasining sakkiz xodimi 8-may kuni ertalab qurolli kishilar guruhi tomonidan otib tashlangan edi. Mamlakat prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy ushbu jinoyatni jazosiz qoldirmaslikka va’da berdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)