Xitoy janubi-sharqida yuz bergan ko‘chki oqibatida 35 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Mahalliy mansabdorning CBS telekanaliga bildirishicha, 8-may, yakshanba kuni ertalab ko‘chki Futszyan provinsiyasidagi qurilish kompaniyasi ishchilari yotoqxonasini bosib qolgan. Hozirgacha ko‘chkiga nima sabab bo‘lgani noma’lum, biroq keyingi kunlarda mazkur hududda kuchli yomg‘irlar yoqqani aytilmoqda.
Mahalliy rasmiylar qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga kirishdi. Hodisa joyiga qutqaruvchilar va politsiya yetib keldi.
Izoh (0)