AQSh huquq-tartibot idoralari Nyu-York shtatining Lokport shahrida joylashgan kasalxonalardan birida qurolli talonchilikni amalga oshirgan erkakni qidirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
NBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, ikki vintovka bilan qurollangan noma’lum kimsa 7-may, shanba kuni tongda kasalxona binosiga bostirib kirgan va bir necha dori-darmonlarni berishni talab qilgan. Aks holda ryukzagidagi portlovchi qurilmani harakatga keltirish bilan tahdid qilgan.
Talonchiga talab qilgan dorilari berilganidan so‘ng ryukzak va qurolni qoldirib, kasalxonani tark etgan.
Hodisa joyiga chaqirilgan sapyorlar qurilma bomba mulyaji ekanligini aniqladi. Hozirda qidiruv ishlari olib borilmoqda. Jinoyatchining 20 yoshlardagi oq tanli erkak ekanligi ma’lum.
Izoh (0)