Checheniston rahbari Ramzan Qodirov mamlakatda ommaviy zaharlanish yuz bergani haqidagi xabarlarni rad etdi va ularni “qip-qizil yolg‘on” deb atadi, deb yozadi “RBK” Qodirovning “VKontakte”dagi sahifasiga tayanib.
Qodirovning ta’kidlashicha, na yakka tarzda, na ommaviy tarzda zaharlanish bo‘yicha holatlar qayd etilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada uning buyrug‘i bilan barcha davolash muassasalari tekshirilgan.
Checheniston rahbari qo‘shimcha qilishicha, bunday mish-mishlar xalq orasida sarosima uyg‘otish uchun tarqatilmoqda. U tegishli organlarga provokatsiya tashkilotchilarini topib, ularni javobgarlikka tortish taklifini bergan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Chechenistonning Gudermes tumani aholisi yoppasiga ich terlama bilan kasallangani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Izoh (0)