Rossiya AQSh uchun xavf-xatar hisoblanadi va unga qarshi turish uchun AQSh Qurolli kuchlari Yevropa qo‘mondonligiga ko‘proq mablag‘ kerak. Bunday fikrni AQShning Koreya Respublikasidagi qo‘shinlari qo‘mondoni Kyortes Skaparotti aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
AQSh Kongressi senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi eshitishlarida so‘zga chiqqan general: “Mintaqada soni o‘sib borayotgan murakkab xavflar, jumladan, qasos olishga intiluvchi Rossiyaga qarshi kurashish uchun AQSh Qurolli kuchlari Yevropa qo‘mondonligiga ko‘proq mablag‘ zarur deb o‘ylayman”, — dedi.
Uning ta’kidlashicha, AQSh Qurolli kuchlari Yevropa qo‘mondonligi Kongressga kelasi yil uchun budjet loyihasi doirasida moliyalashtirish uchun 3,4 milliard dollar so‘rab murojaat qilgan. Agar qonun chiqaruvchilar ushbu mablag‘ ajratilishini ma’qullasa, “men uning taqsimlanishini diqqat bilan nazorat qilaman”, — deya qayd etdi general.
Izoh (0)