Ekvadordagi halokatli zilzilalardan besh kun o‘tib, yangi kuchli yer osti silkinishlari qayd etildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
AQSh geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 6 magnitudali yangi zilzila epitsentri Portovyexo shahridan 100 km shimoli-g‘arbda joylashgan.
16-aprel kuni Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning markazi Muisne aholi punktidan 28 kilometr janubi-sharqda, o‘chog‘i 20,2 kilometr chuqurlikda joylashgani aytildi. Tabiiy ofat oqibatida ko‘p qavatli mehmonxonalar, restoranlar va turar-joy binolari qulab ketdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni 587 kishiga yetdi.
Izoh (0)