Xitoy kosmik stansiyalar uchun maxsus mexanik manipulyator qo‘llarni ishlab chiqishda davom etmoqda va o‘n metr uzunlikdagi namunani yaratishga ulgurdi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, ishlab chiqish dasturi 2007-yildayoq boshlangan. O‘n metrli manipulyatorlar fazoda yuklarni ortishga va aniq manyovrlarni amalga oshirishga qodir.
Manipulyatorlar yettita robotlashgan bo‘g‘inga ega bo‘lib, yo‘nalishni rejalashtirish tizimi va maxsus kameralar yordamidagi o‘z hisob-kitoblari asosida kosmik kema yuzasi bo‘ylab harakatlana oladi.
Manbalardan biri ta’kidlashicha, muhandislar Xitoyning bo‘lajak kosmik stansiyasining asosiy va tajribaviy moduli uchun ikkita manipulyator qo‘l modelini yaratgan. Manipulyatorlar o‘z ishlarini hamjihatlikda amalga oshirishi mumkin.
Izoh (0)