Afg‘onistonda mamlakat harbiy-havo kuchlari va xalqaro koalitsiya samolyotlari ishtirokidagi havo operatsiyasi chog‘ida IShID guruhining 20 dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Khaama Press agentligi mahalliy hukumatga tayanib ma’lum qilishicha, operatsiya 20-aprel, chorshanba kuni Nangarxar provinsiyasidagi Achin tumanida o‘tkazilgan. Jami 21 jangari, jumladan, ularning boshliqlaridan biri o‘ldirilgan, o‘nlab terrorchilar yaralangan. Shuningdek, aviahujum chog‘ida jangarilarga tegishli bo‘lgan o‘q-dorilar va portlovchi moddalar yo‘q qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)