21-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:12 Brent markasidagi neft narxi bir barreli uchun 46,13 dollardan savdo qilindi. Bu 2015-yilning 26-noyabridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘shanda London birjasida Brent markasidagi neftning bir barreli 46,32 dollardan sotilgandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Reuters agentligiga tayanib, “RBK”ning yozishicha, neft narxining ko‘tarilishi AQShdagi xomashyo zaxiralariga oid ma’lumotlar chop etilishi (ular kutilganidan kam bo‘lgan) fonida kuzatilmoqda. Shuningdek, bunga Kuvaytning davlat neft kompaniyalari ishchi-xodimlarining ish tashlash o‘tkazgani ham turtki bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)