Eron maxfiy tarzda Pentagon ortida qit’alararo ballistik raketa sinovi yashiringan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilayotgan yangi tashuvchi raketani uchirdi. Bu haqda The Washington Free Beacon manbalariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Sinov natijalari bilan tanishgan AQSh razvedka xizmatlari 19-aprel, yakshanba kuni amalga oshirilgan Simorgh tashuvchi raketasi parvozi qurilma orbitaga chiqmaganligi uchun qisman muvaffaqiyatli bo‘lgan, deb hisoblamoqda. “Bu yo muvaffaqiyatsiz parvoz yoki sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqishi mo‘ljallangan uchinchi ustun sinovi bo‘lgan”, — deya ma’lum qilgan Pentagondagi manba.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya harbiy doiralari Eron ballistik raketa sinovini o‘tkazganini qayd etgandi.
Izoh (0)