Federal qidiruv byurosi san-bernardinolik terrorchilarga tegishli bo‘lgan iPhone smartfonini buzib ochish natijasida tergovchilarga avval noma’lum bo‘lgan axborotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda CNN telekompaniyasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Telekompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, buzib ochishni xususiy kompaniya amalga oshirgan. Aynan qanday ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘lingani oshkor etilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni AQSh sudi Apple korporatsiyasi Federal qidiruv byurosi xodimlariga “San-Bernardino mergani”ning telefonini buzib, undagi ma’lumotlarni olishda yordam berishi lozimligi haqida qaror qabul qildi. Korporatsiya rahbari Tim Kuk bunga javoban sud qaroriga rasmiy e’tiroz bildirilishini ta’kidlagan.
Keyinroq hukumat mutaxassislari boshqacha usul bilan, ma’lumotlarni o‘chirmasdan turib qurilmaga kirishga muvaffaq bo‘lgani, shu tufayli hukumat Apple yordamiga “endi muhtoj emas”ligi xabar berilgan edi.
Izoh (0)