Shimoliy Koreyada pirsingni taqiqlashdi hamda jinsi shim va boshqa “G‘arbga xos kiyim-kechaklar”ga cheklov kiritishdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bunday qaror Koreya Mehnat partiyasining 2016-yil may oyida bo‘lib o‘tadigan VII syezdi arafasida qabul qilindi.
Tashqi ko‘rinishga nisbatan talablarning kuchaytirilishi, birinchi navbatda, Xitoy bilan chegara yaqinida joylashgan Shimoliy Xamgen va Yangando provinsiyalari aholisiga tegishli bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shimoliy koreyalik fuqarolar KXDR yetakchisi Kim Chen Inga sodiq yoshlar guruhi tomonidan kuzatiladi. Ular yubkalarning uzunligi, oyoq kiyimlar shakli, shuningdek, boshqa kiyim-kechak va soch turmaklarini nazorat qiladi.
Shimoliy Koreyada noharbiy jurnalistlar bilan ishlovchi yaponiyalik jurnalist Isimaru Dziro aniqlik kiritishicha, bu KXDRning tobora ko‘proq aholisi G‘arb madaniyatiga qiziqib qolayotgani bilan bog‘liq.
Izoh (0)