Isroilning Quddus shahrida avtobus portlashidan so‘ng 21 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Isroil politsiyasining rasmiy vakili Mikki Rozenfeld ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Oldinroq hodisa natijasida 18 kishi jabrlangani ma’lum qilingandi.
“21 kishi kasalxonaga yotqizildi: ulardan ikki nafari og‘ir holatda, yetti kishi o‘rtacha, 12 kishi yengil darajada yaralangan. Politsiya ekspertlari avtobusda porlovchi qurilma harakatga keltirilganini aniqladi”, — deya ta’kidlagan Rozenfeld.
Isroil umumiy xavfsizlik xizmati Quddusda avtobus portlaganini tasdiqlab, hodisani “terakt” deb baholadi. Mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu portlash tashkilotchilari va ijrochilarini topish hamda javobgarlikka tortishni va’da qildi.
Izoh (0)