Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatida avtobus daraga qulashi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi, 25 dan ortiq kishi og‘ir jarohatlandi. Bu haqda shtat politsiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
16-aprel, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 13:30 atrofida 40 nafardan ortiq yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus hozircha aniqlanmagan sabablarga ko‘ra yo‘l chetiga chiqib ketdi va poytaxt Nyu-Dehlidan 311 kilometr uzoqlikdagi Pauri hududida chuqurligi 100 metrdan oshiq daraga qulab tushdi.
Falokat joyida uch kishi o‘ldi, yana bir yo‘lovchi kasalxonaga yetkazilayotganda jon berdi. Yaqin oradagi shifoxonalarga ko‘plab shikastlanishlar olgan 25 kishi yotqizildi, qolganlarga hodisa joyida yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)