100 yoshli britaniyalik Verdus Xayes o‘zining tug‘ilgan kunida parashyutdan sakragan eng keksa kishiga aylanish va bu boradagi jahon rekordini yangilashga harakat qildi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.
U davosiz dardga chalingan xastalar uchun muassasalarga mablag‘ to‘plash maqsadida instruktor yordamida sakrashni amalga oshirdi. Xayesning parvozi Ginnes rekordlar kitobiga kiritiladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Qariyaning sakrash jarayoni tasvirga olingan yozuv ODN yangiliklar videoportalining YouTube’dagi kanaliga joylandi va hozirga qadar salkam 3,5 ming marotaba ko‘rildi.
https://youtu.be/tFe2OUlu4qA
Izoh (0)