Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kyusyu orolida joylashgan Kumamoto prefekturasida 14-aprel, payshanba kuni ro‘y bergan 6,5 magnitudali kuchli zilzila qurbonlari soni kamida uch kishiga yetdi, 400 kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq bir kishi halok bo‘lgani, 50 dan ziyod kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgani bildirilgandi.
Yaponiya meteorologiya agentligi zilziladan so‘ng Kumamotoda 27 marotaba qayta yer silkinishi kuzatilgani, ularning magnitudasi 3,3 dan 6,4 gacha bo‘lganini qayd etdi. Agentlik ikki bor sunami xavfini e’lon qildi, biroq keyinchalik ular bekor etildi.
Izoh (0)