Microsoft kompaniyasi AQSh hukumatiga qarshi sudga da’vo berdi, u hukumat ularning elektron pochtasini tekshirayotgan vaqtda, o‘z mijozlari xabardor qilinishiga erishmoqchi, deb yozadi “TASS”.
Da’vo Amerika poytaxtining g‘arbiy okrugi sudiga topshirildi. Unda kompaniya ma’lum qilishicha, AQSh hukumati unga mijozlarni federal muassasalar kompaniyadan ularning elektron pochtalari mazmuni va boshqa shaxsiy ma’lumotlarini so‘ragani haqida mijozlarni xabardor qilishga ruxsat bermaslik orqali, mamlakat konstitutsiyasini buzmoqda.
Gumonlanuvchilarni kuzatish uchun AQSh hukumati 1986-yilgi Elektron kommunikatsiyalar maxfiyligi to‘g‘risidagi qonundan foydalanadi, u hukumatga 180 kundan oshgan elektron xabarlarni o‘qish imkonini beradi. Texnologik kompaniyalar ushbu qonunni eskirgan hamda zamonaviy realiyalarga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblaydi.
Izoh (0)