Qirg‘iziston parlamenti Sooronbay Jeenbekov nomzodini mamlakat bosh vazirligiga tasdiqladi. Parlamentdagi 115 nafar deputatning barchasi uni yoqlab ovoz berdi, deya xabar beradi “RBK”.
Shuningdek, deputatlar Jeenbekov tomonidan taqdim etilgan hukumatning yangi tuzilmasi va dasturini ham ma’qulladi. Knews agentligining ta’kidlashicha, yangi dastur hukumatning avvalgi tarkibi tomonidan 2015-yil noyabrida tayyorlangan dasturdan katta farq qilmaydi va mamlakatni 2013—2017-yillarda barqaror rivojlantirish milliy strategiyasiga asoslangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev Baliqchi—Korumdu avtoyo‘li qurilishi tenderi atrofidagi mojaro sababli iste’foga chiqqani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)