Janubiy Koreyada Milliy majlis — parlament saylovlari yakuniga yetdi. Ularda saylovchilarning 53,5 foizi ishtirok etdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Ertalabki oltidan kechki 18.00 ga qadar 42,1 million saylovchidan 22,5 millioni yoki 53,5 foizi ovoz berishga ulgurdi. Qiyos uchun, o‘tgan galgi parlament saylovlarida ularning 56,8 foizi ovoz berish uchun kelgandi”, — deb ma’lum qildi mamlakat saylov komissiyasi.
Mamlakatda byulletenlar hisob-kitobi boshlandi. Ularning dastlabki yakunlari 13-aprel, chorshanba kuni kechki payt e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)