EgyptAir aviakompaniyasining A-320 aerobusini olib qochgan Sayfiddin Mustafo Kiprda siyosiy boshpana olishga harakat qilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Kipr ichki ishlar vaziri Sokrates Xasikos boshpana so‘ralgan ariza Misr bosh prokurori Nabil Sodiqning Mustafoni mamlakatga ekstraditsiya qilish haqidagi talabnomasi bo‘yicha qaror chiqarishdan oldin ko‘rilishini ma’lum qildi.
Sayfiddin Mustafo ekstraditsiyaga qarshi chiqmoqda va manfaatlarini himoya qilish uchun advokat yollagan.
Izoh (0)