Qozog‘istonning “Kazpochta” aksiyadorlik jamiyati BI Group bilan hamkorlikda yangi pochta indekslarini joriy etish doirasida ushbu indekslar asosida mamlakatdagi turar-joy, inshoot va binolar uchun alohida saytlar ochish bo‘yicha sinov loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda jamiyatning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Saytdan foydalanish uchun “Kazpochta”ning rasmiy saytiga kirib, “Yangi pochta indekslari” havolasiga bosish va qidiruvga o‘zi yashayotgan uy manzilini kiritish kifoya.
Izoh (0)