Etihad Airways aviakompaniyasi uchuvchisi Manchester aeroportida keksa juftlik bortni tark etib, kasalxonaning reanimatsiya bo‘limiga tushib qolgan nabirasini yo‘qlashi uchun havo kemasini to‘xtatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avstraliyaga yo‘l olayotgan samolyot harakatlanishni boshlayotganida qariyalarga nabiralari reanimatsiyada ekanligi bildirilgan SMS keldi. Ular bu haqda ekipajni ogohlantirgach, uchuvchi oxirgi daqiqada samolyotni ortiga qaytarib, terminalga qaytdi va ikki yo‘lovchini tushirdi.
Shuningdek, aviakompaniya er-xotinni kasalxonaga tezroq yetkazish uchun avtomobil ham ajratdi. Ular holidan xabar olishga shoshilgan nabiralari ertasi kuni olamdan o‘tdi.
Izoh (0)